"Rassomlik kollejida öqib yurganimda bir g'alati voqea röy bergan... O'qituvchimiz tabiat manzarasini chizib topshirishga bir hafta muxlat bergach, nima chizishni o'ylab qoldim. Ijara uyim ortida qabriston bo'lib, undagi majnuntollar ularga har safar ko'zim tushganid ko'nglimga ma'yuslik solardi. Shu manzarani qog'ozga tushirishga ahd qildim. Darsdan keyin dastgohlarimni kötarib qabristonga bordim. Ishga qiziqib ketganimdan kimdir
yelkamga qo'lini qo'yganida
seskanib tushdim. Ortimda
o'zim tengi bir qiz jilmayib
turardi. -Chiroyli chizarkansan, -
dedi u rasmga tikilib. O'sha kuni
o'zini Lola deb tanishtirgan qiz
bilan anchagacha gaplashib
o'tirdik. U shu atrofda
yashashini va rasm chizishga
qiziqishini aytdi. Shundan keyin
bir hafta davomida u bilan har
kuni qabristonda uchrashib
turdik. Rasmni tugatar paytim u
menga bir iltimosi borligini
aytdi. -"Gulzor" köchasi, 19-
uyda yashovchi yigitga mana
shu maktubni berib qo'ya
olasanmi? - dedi u yerga qarab.
Men rozi böldim. Shoshib
turganim uchun ertaga
gaplashamiz deb xayrlashdim va
Lola aytgan uy darvozasidan
maktubni tashlab ijara uyimga
yugurdim. Ertasi kuni darsdan
qaytsam, uy egasi vahimali
xabar bilan kutib oldi. 19- uyda
yashovchi yigit, aqldan ozib,
o'zini osib qo'yganmish. Qo'rqib
ketdim. Negadir o'z- o'zidan
oyoqlarim qabriston qabriston
tomonga yetakladi. Lola bilan
uchrashadigan o'rindiqda
ancha o'tirdim, lekin undan
darak bölmadi.
Qaytayotganimda ko'zim
yo'ldagi qabr toshiga tushdi va
dahshatdan qotib qoldim: ''Lola
Sultonova. 1981-1997 yillar''...
Yugurib uyga keldim va uy
egasidan Lolani surushtirdim.
Ma'lum bo'lishicha, 19- uyda
yashovchi yigit bir paytlar
qo'shni mahallada yashovchi
Lola degan qizni aldab
uylanmagan, nomusga
chidolmagan qiz joniga qasd